ROXIY Kanal
RoxBuilder

Foydalanish shartlari.

@RoxBuilderBot va uning orqali ochilgan barcha botlarga, jumladan Builder ichida ochilganlarga ham amal qiladi.

Kuchga kirgan: 22-sentabr 2026Versiya 1.0Til: o‘zbek
Eng muhimi: muddat tugagach bot 7-kuni zaxirasiz o‘chiriladi va tiklanmaydi; balans naqd pulga chiqarilmaydi. Batafsil — 7 va 6-bo‘limlarda.

01Kirish

Tomonlar va kelishuv

1.1. Ushbu shartlar Siz (keyingi o‘rinlarda — Foydalanuvchi) va ROXIY (roxiy.uz) o‘rtasidagi RoxBuilder xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelishuvdir. RoxBuilder @RoxBuilderBot orqali ishlaydi.

1.2. @RoxBuilderBot’ga /start yuborganingiz, balansni to‘ldirganingiz yoki bot ochganingiz shartlarni qabul qilganingizni bildiradi. Rozi bo‘lmasangiz, xizmatdan foydalanmang.

1.3. Shartlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va talqin qilinadi.

02Xizmat

RoxBuilder nima qiladi

2.1. RoxBuilder — tayyor shablonlar asosida Telegram bot ochib beradigan va ularni serverda yuritadigan xizmat. Kod yozish talab qilinmaydi.

2.2. Hozir ochish mumkin bo‘lgan bot turlari:

  • Stars — Telegram Stars, Premium, Gift va virtual raqam sotadigan do‘kon bot.
  • Kino — Foydalanuvchi kod yoki nom yozadi — bot kinoni yuboradi.
  • Pul ishlash — Referal orqali pul ishlash boti: taklif, balans, pul yechish.
  • Nomer — Virtual raqam sotadigan bot. SMS kod bot ichida keladi.
  • Open Budget — Tasdiqlangan ovoz uchun mukofot beradigan bot.
  • Aloqa — Murojaat boti: mijoz yozadi, operator reply bilan javob beradi.
  • Tarjimon — Yuborilgan matnni 100+ tilga tarjima qiladi.
  • Builder — O‘z bot konstruktoringiz: yuqoridagi turlarni o‘z narxingizda sotasiz.

2.3. Xizmat quyidagilarni bajaradi: botni serverga joylash va webhook o‘rnatish; tarif va muddatni boshqarish; shablon kodini yangilash; token, admin ID, nom, bio, tavsif va logoni almashtirish; botni boshqa egaga o‘tkazish va o‘chirish. Bularning hammasi bot menyusida va «WEB APP» kabinetida.

2.4. RoxBuilder texnik vosita. Bot orqali qilinadigan savdo, tarqatiladigan kontent va bot foydalanuvchilari bilan munosabat bot egasining ishi.

2.5. Bot turlari, shablonlar va funksiyalar qo‘shilishi, o‘zgarishi yoki olib tashlanishi mumkin.

03Hisob va token

Kirish va xavfsizlik

3.1. Alohida ro‘yxatdan o‘tish yo‘q: hisob Telegram ID’ingizga bog‘lanadi va birinchi /start’da avtomatik ochiladi. Bitta Telegram akkaunt — bitta hisob.

3.2. Bot tokeni @BotFather’dan olinadi va sizniki. Tokenni hech kimga bermang va ochiq joyga qo‘ymang. ROXIY xodimlari tokeningizni hech qachon so‘ramaydi.

3.3. Token boshqalarga ma’lum bo‘lib qolsa, @BotFather’da uni yangilang (/revoke) va yangi tokenni kabinetdagi «Token almashtirish» orqali kiriting. Tokenni o‘zingiz oshkor qilganingizdan kelib chiqqan zarar uchun ROXIY javobgar emas.

3.4. Bitta token bilan faqat bitta bot ochiladi. Bir hisobda bir nechta bot bo‘lishi mumkin.

04Taqiqlar

Nima mumkin emas

4.1. RoxBuilder’da ochilgan bot quyidagilar uchun ishlatilmaydi:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki Telegram Foydalanish shartlariga zid faoliyat;
  • pornografiya va voyaga yetmaganlarga zarar yetkazuvchi har qanday kontent;
  • firibgarlik: soxta to‘lov, soxta yutuq yoki daromad va’dasi, phishing;
  • terrorizm, ekstremizm, milliy yoki diniy adovatni targ‘ib qilish;
  • boshqalarning shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz yig‘ish, sotish yoki tarqatish;
  • foydalanuvchilar roziligisiz ommaviy xabar (spam) yuborish;
  • boshqa shaxsning tokeni yoki akkauntidan uning roziligisiz foydalanish.

4.2. RoxBuilder’ning o‘ziga nisbatan taqiqlanadi: tizimni buzishga, narx, limit yoki muddatni chetlab o‘tishga urinish; referal mukofoti uchun soxta akkauntlar ochish; shablon kodini ko‘chirib olib boshqa joyda tarqatish.

4.3. @RoxBuilderBot bilan yozishmada so‘kinish ishlatilsa, hisob bot tomonidan avtomatik bloklanadi.

05Tariflar

Narx va limitlar

5.1. Har bir bot turining o‘z tariflari bor. Tarif narxi bir oy (30 kun) uchun, kunlik narx — oylik narxning 30 dan biri. Joriy narxlar RoxBuilder sahifasida va botda.

5.2. Limit — bot bir kunda xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi yoki buyurtma soni. Builder’da limit — ochish mumkin bo‘lgan botlar soni.

5.3. Tarif oshirilganda yangi limit darhol amal qiladi.

5.4. Tarif pasaytirilganda faqat oxirgi oshirishning ishlatilmagan kunlari yangi tarif narxida qayta hisoblanadi; undan oldingi kunlar o‘zgarmaydi. Yangi limit ertasi kundan amal qiladi.

5.5. Builder faqat Mini tarifida ochiladi (120 000 so‘m / oy, 7 ta bot); keyin kabinetdan oshiriladi.

06To‘lov

Balans, referal va qaytarish

6.1. Balans so‘mda yuritiladi. To‘ldirish usullari: Click yoki Payme (avtomatik), UzCard yoki Humo (avtomatik, kamida 1 000 so‘m) va admin orqali.

6.2. Karta orqali ochilgan to‘lov 10 daqiqa ichida to‘lanmasa, bekor qilinadi.

6.3. Muddat 30, 60 yoki 90 kunga uzaytiriladi; 60 kunga uzaytirishda 4% chegirma. Pul balansdan yechiladi.

6.4. Referal: havolangiz orqali @RoxBuilderBot’ga kelgan har bir yangi foydalanuvchi uchun balansingizga mukofot tushadi (hozir 500 so‘m). Mukofot faqat RoxBuilder xizmatlariga sarflanadi. Soxta akkauntlar orqali yig‘ilgan mukofot bekor qilinadi.

6.5. Balansdagi mablag‘ naqd pulga yoki kartaga chiqarilmaydi va boshqa foydalanuvchiga o‘tkazilmaydi.

6.6. Pul qaytarilmaydi, quyidagi holatlardan tashqari: to‘lov qilingan, lekin ROXIY tomonidagi xato sababli balansga tushmagan; yoki ROXIY xatosi sababli xizmat ko‘rsatilmagan. Bunday holatda to‘lov cheki bilan @SamarCoder ga murojaat qiling.

6.7. Botni o‘zingiz o‘chirganingizda, qoidabuzarlik uchun bloklanganda yoki noto‘g‘ri token kiritganingizda ishlatilmagan kunlar uchun pul qaytarilmaydi.

07Sinov va muddat

Ochish, bepul davr va o‘chirish

7.1. Birinchi bot bepul — 3 kunga (Builder turi bundan mustasno). Keyingi botlar uchun ochish narxi to‘lanadi; u bot turiga bog‘liq va ochishdan oldin ko‘rsatiladi. Ochish bilan birga bot turida ko‘rsatilgan kunlar (odatda 7 kun) beriladi.

7.2. Muddat tugashi va undan keyingi tartib:

QachonBot holatiNima bo‘ladi
Tugashiga 3 kun qolgandaIshlaydiBirinchi ogohlantirish
Tugashiga 1 kun qolgandaIshlaydiIkkinchi ogohlantirish
Muddat tugagan kundan 6-kungachaTo‘xtatilgan«To‘lov kutilmoqda», har kuni eslatma; uzaytirilsa bot qayta yoqiladi
7-kunO‘chirilganBot bazasi, fayllari, sozlamalari va webhook butunlay o‘chiriladi

7.3. O‘chirilgan botni tiklab bo‘lmaydi. RoxBuilder bot ma’lumotlarining zaxira nusxasini saqlamaydi. Muddatni o‘z vaqtida uzaytiring.

7.4. Bepul davrda ham barcha shartlar, jumladan taqiqlar amal qiladi.

08Egalik

Bot, ma’lumot va kod kimniki

8.1. Bot egasi — uni ochgan Telegram ID. Egalikni kabinetdagi «Egani o‘tkazish» orqali boshqa foydalanuvchiga berish mumkin; bot qolgan muddati bilan birga o‘tadi.

8.2. Bot foydalanuvchilari bazasi bot egasiniki, lekin ROXIY serverida saqlanadi. ROXIY unga faqat texnik xizmat va nosozlikni tuzatish uchun kiradi.

8.3. Shablonlar kodi, @RoxBuilderBot va kabinet ROXIY mulki. Botingiz ishlashi uchun foydalanishga beriladi, sotilmaydi.

8.4. Builder egasi o‘z mijozlariga bot sotadi: narxni o‘zi belgilaydi (lekin RoxBuilder’ning asl narxidan arzon emas), to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga tushadi va mijozlari oldida to‘lov, qaytarish va yordam bo‘yicha u javobgar. Builder ichidan yana Builder sotib bo‘lmaydi.

09Bloklash

Qachon va nima bo‘ladi

9.1. ROXIY botni yoki hisobni quyidagi holatlarda to‘xtatadi yoki o‘chiradi: 4-bo‘lim buzilganda; huquqni muhofaza qiluvchi organlar talab qilganda; bot Telegram tomonidan bloklanganda.

9.2. Muddat tugashi bloklash emas — u 7-bo‘limdagi tartibda ishlaydi.

9.3. Qo‘pol yoki takroriy buzilishda bot ogohlantirishsiz o‘chiriladi, hisob bloklanadi va balans qaytarilmaydi. Boshqa hollarda avval ogohlantirish yuboriladi.

9.4. Blok noto‘g‘ri deb hisoblasangiz, @SamarCoder ga yozing.

10Maxfiylik

Qanday ma’lumot saqlanadi

10.1. Hisobingiz bo‘yicha saqlanadi: Telegram ID, ism va username; balans; botlaringiz ro‘yxati va tokenlari; to‘lovlar va kabinetdagi amallar tarixi; kim sizni taklif qilgani va siz kimlarni taklif qilganingiz.

10.2. Bu ma’lumotlar xizmat ko‘rsatish, to‘lovni hisoblash, muddat haqida xabar berish va qoidabuzarlikni aniqlash uchun ishlatiladi.

10.3. Ma’lumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Uchinchi tarafga faqat to‘lov uchun kerakli qismi to‘lov tizimiga (Click, Payme, karta provayderi) yoki qonunda belgilangan tartibda vakolatli organga beriladi.

10.4. Bot o‘chirilganda uning bazasi ham o‘chiriladi. Hisobingiz ma’lumotlarini o‘chirish uchun @SamarCoder ga yozing.

11Javobgarlik

Kafolat va cheklovlar

11.1. Xizmat «qanday bo‘lsa, shunday» ko‘rsatiladi. ROXIY uzluksiz ishlashga harakat qiladi, lekin server, internet yoki Telegram API uzilishlari bo‘lmasligini kafolatlamaydi.

11.2. ROXIY quyidagilar uchun javobgar emas: bot orqali olinmagan daromad; Telegram tomonidan bot yoki token bloklanishi; Telegram qoidalari yoki API o‘zgarishi oqibatlari; muddat tugab bot o‘chirilganda yo‘qolgan ma’lumotlar.

11.3. ROXIY xatosi sababli bot ishlamagan vaqt uchun muddat uzaytirilishi mumkin — har bir holat alohida ko‘riladi.

11.4. Har qanday holatda ROXIY javobgarligi Foydalanuvchi oxirgi 30 kunda RoxBuilder’ga to‘lagan summadan oshmaydi.

12Nizolar

Kelishmovchilik qanday hal qilinadi

12.1. Nizo avval @SamarCoder orqali muzokara yo‘li bilan hal qilinadi.

12.2. Kelishilmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston sudlarida ko‘riladi.

12.3. Shartlarning biror bandi haqiqiy emas deb topilsa, qolgan bandlar o‘z kuchida qoladi.

13Yangilanish

Shartlar va narx o‘zgarishi

13.1. Shartlar o‘zgarishi mumkin. Yangi matn shu sahifada e’lon qilinadi, muhim o‘zgarish haqida @RoxBuilderBot orqali xabar beriladi. Sahifadagi sana — oxirgi o‘zgarish sanasi.

13.2. Narx, tarif va limitlar o‘zgarishi mumkin. Yangi narx keyingi to‘lovdan qo‘llanadi, to‘langan muddat qayta hisoblanmaydi. Limit o‘zgarishi mavjud botlarga ham qo‘llanishi mumkin.

13.3. O‘zgarishdan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilik hisoblanadi.

14Aloqa

Murojaat yo‘llari

14.1. Savol, to‘lov muammosi, shikoyat va blok bo‘yicha: @SamarCoder. To‘lov bo‘yicha murojaatda bot username’i va to‘lov chekini yuboring.

14.2. Xizmat boti: @RoxBuilderBot. Sayt: roxiy.uz/roxbuilder.

14.3. Xavfsizlik zaifligini topsangiz, uni ommaga e’lon qilishdan oldin @SamarCoder ga yozing.