01Kirish
Tomonlar va kelishuv
1.1. Ushbu shartlar Siz (keyingi o‘rinlarda — Kassa egasi) va ROXIY (roxiy.uz) o‘rtasidagi RoxPay xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelishuvdir. RoxPay @roxPayBot va pay.roxiy.uz kabineti orqali ishlaydi.
1.2. Kassa ochganingiz yoki kassa orqali to‘lov qabul qilganingiz shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.
1.3. Shartlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va talqin qilinadi.
02Xizmat
RoxPay nima qiladi
2.1. RoxPay — Telegram bot yoki sayt uchun Click, Payme va Paynet orqali to‘lov qabul qiladigan kassa. Mijoz pay.roxiy.uz to‘lov sahifasida to‘laydi, kassaga imzoli xabar (callback) yuboriladi.
2.2. RoxBuilder’da ochilgan botga kassa bir bosishda ochiladi. Boshqa bot yoki sayt uchun kassani admin ochadi.
2.3. Mijozdan olinadigan tovar yoki xizmat, uning sifati va mijoz bilan munosabat Kassa egasining ishi. RoxPay faqat to‘lovni qabul qiladi va balansga yozadi.
03To‘lov
Pul qanday tushadi
3.1. To‘lov o‘tishi bilan kassaning xizmat haqi (hozir 6%) ushlanadi, qolgani Kassa egasining balansiga darhol tushadi. Kutish muddati yo‘q.
3.2. Bir egadagi barcha kassalar bitta umumiy balansga yig‘iladi.
3.3. API orqali ochilgan to‘lov 1 soat, kabinetdagi to‘lov havolasi tanlangan muddat (1 soat, 1 kun yoki 7 kun) davomida amal qiladi. Muddati o‘tgan to‘lov yopiladi.
3.4. To‘lov tizimi to‘lovni bekor qilsa yoki qaytarsa, shu to‘lovdan balansga yozilgan summa balansdan ayiriladi. Pul allaqachon chiqarib olingan bo‘lsa, balans manfiy bo‘ladi va keyingi tushumlardan qoplanadi.
04Chiqarish
Kartaga yechish
4.1. Balans @roxPayBot yoki kabinet orqali O‘zbekiston bank kartasiga chiqariladi. Chiqarish uchun balans kamida 50 000 so‘m, bitta so‘rov kamida 5 000 so‘m bo‘lishi kerak.
4.2. Chiqarish turlari:
- Manual — komissiyasiz, pul 1–72 soat ichida tushadi (ish kunlari);
- Tezroq — 1% komissiya, haftaning har kuni, pul 1 daqiqa–18 soat ichida tushadi.
4.3. Summa so‘rov yuborilgan zahoti balansdan ushlab qolinadi. So‘rov rad etilsa, summa balansga to‘liq qaytadi.
4.4. Karta raqamini Kassa egasi kiritadi. Xato karta raqami tufayli boshqa kartaga o‘tgan pul uchun ROXIY javobgar emas.
4.5. Eski qoldiq. 22-sentabr 2026 gacha tushgan pul balansga xizmat haqisiz yozilgan. Undan chiqarilgan qismga chiqarish paytida 6% olinadi. Eski qoldiq miqdori @roxPayBot’dagi balans oynasida ko‘rinadi, kabinetdagi hisob uni o‘zi hisobga oladi.
05API kalit
Kalit va imzo siri
5.1. Har kassaning API kaliti va imzo siri (webhook secret) bor. Ularni hech kimga bermang va ochiq joyga (GitHub, frontend kodi) qo‘ymang.
5.2. Kalit boshqalarga ma’lum bo‘lib qolsa, kabinetda yoki botda uni darhol yangilang — eski kalit shu zahoti ishlamay qoladi. Kalitni o‘zingiz oshkor qilganingizdan kelib chiqqan zarar uchun ROXIY javobgar emas.
5.3. Callback’ni qabul qilishda imzoni (X-Rox-Signature) tekshirish Kassa egasining zimmasida. Imzosi tekshirilmagan xabar asosida berilgan tovar uchun ROXIY javobgar emas.
06Taqiqlar
Nima mumkin emas
6.1. Kassa quyidagilar uchun ishlatilmaydi:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Click, Payme yoki Paynet qoidalariga zid tovar va xizmatlar;
- firibgarlik: soxta tovar, yetkazilmaydigan buyurtma, soxta yutuq yoki daromad va’dasi;
- qimor, pornografiya, giyohvand moddalar, qurol;
- boshqa shaxs kartasidan uning roziligisiz to‘lov qabul qilish;
- pulni kassa orqali «aylantirish» — tovar yoki xizmatsiz to‘lov o‘tkazish.
6.2. Qoida buzilganda yoki to‘lov tizimidan shikoyat kelganda kassa to‘xtatilishi, chiqarish so‘rovi tekshiruv tugaguncha ushlab turilishi mumkin.
07Ma’lumotlar
Nima saqlanadi
7.1. Saqlanadi: Kassa egasining Telegram ID va ismi; kassa sozlamalari; to‘lovlar (summa, holat, vaqt, to‘lovchi haqida kassa yuborgan ma’lumot); chiqarish so‘rovlari. Karta raqami bazada shifrlangan holda saqlanadi.
7.2. Karta rekvizitlari to‘lov sahifasida Click, Payme yoki Paynet tomonida kiritiladi — RoxPay ularni ko‘rmaydi va saqlamaydi.
7.3. Pasport, biometrik va shunga o‘xshash ma’lumotlar yig‘ilmaydi. Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va faqat qonunda belgilangan hollarda vakolatli organlarga beriladi.
08Javobgarlik
Cheklovlar
8.1. Click, Payme, Paynet yoki bank tomonidagi uzilish va kechikishlar uchun ROXIY javobgar emas. Bunday holatda to‘lov holati tizim javobi kelgach yangilanadi.
8.2. ROXIY xizmatning uzluksiz ishlashiga harakat qiladi, lekin texnik ishlar va kutilmagan uzilishlar bo‘lishi mumkin.
8.3. Nizo avval @SamarCoder orqali muzokara yo‘li bilan hal qilinadi. Kelishilmasa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘riladi.
09Yangilanish
Shartlar va stavka o‘zgarishi
9.1. Shartlar, xizmat haqi va chiqarish turlari o‘zgarishi mumkin. Yangi matn shu sahifada e’lon qilinadi, muhim o‘zgarish haqida @roxPayBot yoki @roxiyuz kanali orqali xabar beriladi.
9.2. Yangi xizmat haqi e’londan keyingi to‘lovlarga qo‘llanadi, balansdagi pul qayta hisoblanmaydi.
10Aloqa
Murojaat yo‘llari
10.1. To‘lov, chiqarish, shikoyat bo‘yicha: @SamarCoder. Murojaatda kassa nomi va to‘lov raqamini (#) yozing.
10.2. Bot: @roxPayBot. Kabinet: pay.roxiy.uz/kabinet. API hujjati: roxiy.uz/roxpay.